Toshkentda sayyohga nosvoy chektirmoqchi bo‘lgan yigit jazolandi va uzr so‘radi

Toshkentda sayyohga nosvoy chektirmoqchi bo‘lgan yigit jazolandi va uzr so‘radi
  • 1
  • 30.01.2026 08:22:00
  • 1 min read

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Magic City bog‘ida chet ellik sayyohga nosvoy chekishni taklif qilgan yigitga nisbatan ma’muriy jazo qo‘llanganini ma’lum qildi. Hujjatlar ko‘rib chiqish uchun sudga yuborilgan.
Yigit o‘z harakati uchun O‘zbekiston va Koreya xalqidan uzr so‘rab, video hazil maqsadida olinganini, biroq bundan pushaymon ekanini bildirgan. Mazkur voqea joriy yil 25-yanvar kuni Magic City bog‘ida sodir bo‘lgan. Video ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib, jamoatchilikda muhokamalarga sabab bo‘lgandi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News