
- 0
- 23.02.2026 09:35:00
- 1 min read
Avvalroq Surxondaryoda kuchuklarning quloqlarini vahshiylarcha uzib tashlagan shaxsga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, hujjatlar sudga yuborilgani haqida xabar qilingandi. Sherobod tumanida yashovchi yigit itning uchta bolasiga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lib, ularning quloqlarini qo‘l bilan yulib tashlagani aks etgan videoni o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga joylashtirgan. Ish sudda ko‘rib chiqildi va unga 10 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi. Huquqbuzar qilgan ishidan pushaymon ekanini bildirib, uzr so‘radi.