
- 0
- 10.04.2026 18:40:00
- 1 min read
Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida 1-aprel kuni 17 yoshli yigit poyezd vagoni ustiga chiqib selfi qilmoqchi bo‘lganida tok urdi. Bu haqda “Millar” xabar berdi.
Yigit do‘stlari bilan temiryo‘l stansiyasida turgan vagonlardan birining ustiga chiqqan. Shu paytda yuqori kuchlanishli elektr tarmog‘i ta’sirida elektr yoyi hosil bo‘lib, o‘smir og‘ir darajada kuygan va yerga yiqilgan.
Shifokorlar uning tanasining 80–85 foizi kuyganini, holati o‘ta og‘ir ekanini va reanimatsiyada intensiv davolanish olayotganini ma’lum qilishdi.