
- 0
- 14.01.2026 10:58:00
- 1 min read
Ijtimoiy tarmoqlarda harakatlanib ketayotgan Tracker’dan yosh bola tushib qolgani aks etgan video tarqaldi. Avtomobil o‘ngga qayrilayotganida orqa chap eshik ochilib ketib, ichidan bolakay yo‘lning qatnov qismiga tushib ketgan. Yaxshiyamki, Tracker ortidan kelayotgan BYD haydovchisi zudlik bilan to‘xtagan. Navbatchilik qilayotgan YPX xodimi bolani yerdan olgan.
Holat yuzasidan hozircha rasmiy ma’lumot berilmagan.