- 2
- 21.01.2026 09:38:00
- 1 min read
Avvaliga go‘shtlarimizni marinadlab olamiz. Qozonga saryog‘ yoki o‘simlik yog‘ini solib, marinadlangan go‘shtlarni qizartirib qovurib olamiz. Ketidan piyoz, bulg‘or qalampiri va sarimsoq piyozni to‘g‘rab solamiz. Ziravorlarni solib, ketidan qovurilgan go‘shtimizni solamiz va yaxshilab aralashtirib qovuramiz. Qovurib olganimizdan keyin, souslarni solib, suv solib dimlaymiz. Birozdan so‘ng, sut solamiz va yana dimlaymiz. Shundan keyin taomimiz tayyor bo‘ladi.