
- 5
- 29.10.2025 13:20:00
- 1 min read
Chechenistonda o‘z erining to‘yida raqsga tushayotgan ayol aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqaldi va katta muhokamalarga sabab bo‘ldi.
Videoda ayol sobiq eri bilan raqsga tushayotgani, zal markazida esa uning kundoshi — yangi kelin ularga qarsak chalib turgani ko‘rinadi.
Ushbu kadrlar Rossiyaning yirik Telegram-kanallari va Instagram sahifalarida tarqalib, qisqa fursatda memga aylandi.
Ko‘pchilik foydalanuvchilar bu voqeani turlicha baholadi: ayrimlar bu holatni “ayolning sabr-toqati, matonati va kuchi” deb ko‘rsalar, boshqalar uni “og‘riqli, sha’nni kamsituvchi manzara” sifatida tanqid qilishdi.
Mutaxassislar bu kabi voqealar ijtimoiy tarmoqlarda jamiyatdagi gender stereotiplar, oilaviy qadriyatlar va ayollarning o‘zini tutishiga nisbatan bosimlarni yana bir bor muhokamaga olib chiqayotganini ta’kidlashmoqda.