Janjalga aylangan to‘y: kuyovning do‘stlari kelinning otasi va ukasini kaltaklashdi

Janjalga aylangan to‘y: kuyovning do‘stlari kelinning otasi va ukasini kaltaklashdi
  • 2
  • 28.10.2025 16:34:00
  • 1 min read

Guvohlarning aytishicha, kuyov navkar vaqtida kuyov jo‘ralar kelinning ukasidan ovqatni tezroq olib kelishni talab qilgan. Bola odatga ko‘ra pul yig‘ish uchun xonaga kirganda, unga hech kim pul bermagan, aksincha baqirib haqorat qilgan.
Buning ustidan otasi bolani himoya qilmoqchi bo‘lgach, kuyovning do‘stlari unga ham tashlanib, otani ham, o‘g‘lini ham urib yuborishgan.
Holat qachon va qayerda bo‘lgani haqida rasmiy ma’lumot berilmagan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News