To‘lovlar uchun universal QR-kod joriy etiladi

To‘lovlar uchun universal QR-kod joriy etiladi
  • 3
  • 01.12.2025 15:14:00
  • 1 min read

O‘zbekistonda QR-kod orqali to‘lovlarni amalga oshirishning yagona standarti joriy etiladi. Prezident qaroriga ko‘ra, Markaziy bank 2025-yil dekabrida universal QR-kod tizimini banklar va to‘lov tashkilotlari bilan sinovdan o‘tkazadi. 2026-yil yanvarida tizim bo‘yicha normativ-huquqiy hujjat loyihasi ishlab chiqilib tasdiqlanadi. 2026-yil fevralidan esa universal QR-kod to‘lov bozorida to‘liq joriy etilishi rejalashtirilgan. Yagona QR-kod savdo nuqtalarida bir nechta to‘lov taxtachalaridan foydalanishdagi noqulayliklarni bartaraf etadi. Xaridorlar bitta QR-kod orqali istalgan mobil ilova yoki to‘lov xizmati bilan to‘lov amalga oshirishi mumkin bo‘ladi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News