Ruminiyada yuk mashinasi boshqaruvni yo‘qotib, dahshatli YTH sodir etdi

Ruminiyada yuk mashinasi boshqaruvni yo‘qotib, dahshatli YTH sodir etdi
  • 2
  • 27.10.2025 16:51:00
  • 1 min read

Ruminiyada og‘ir transport vositasi ishtirokida dahshatli yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.

Mahalliy OAV xabariga ko‘ra, yuk mashinasi sirpanchiq yo‘l tufayli boshqaruvni yo‘qotib, qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketgan va yengil avtomobilni bosib ketgan. Zarba kuchli bo‘lgani sababli, avtomobil butunlay ezilib ketgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yengil avtomobil ichidagi ikki kishi voqea joyida halok bo‘lgan. Yuk mashinasi haydovchisi esa yengil jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Guvohlarning aytishicha, hodisa vaqtida yo‘l juda sirpanchiq bo‘lgan, kuchli yomg‘ir yog‘ayotgan, yuk mashinasi esa tormozlashga ulgura olmagan.

Hozirda jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, voqeaning aniq sabablari bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda. Politsiya texnik ekspertiza tayinlagan va hodisa joyidan olingan video hamda guvohlarning ko‘rsatmalari asosida surishtiruv davom etmoqda.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News