
- 0
- 12.02.2026 09:41:00
- 1 min read
Turkiyada o‘t o‘chiruvchilar tomonidan bosh haydovchi hamkasbining tug‘ilgan kuni uchun tayyorlangan “soxta yong‘in” barchaning yuziga tabassum ulashdi. Erkak o‘z uyida yong‘in chiqqani haqidagi chaqiriqdan keyin: “Onajon, onajon, mening uyim!” deb yugurib, tezkorlik bilan mashinaga mindi. Mashina ichida esa hamkasblari unga kichik syurpriz hozirlagan edi.
Video ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqaldi. Ba’zilar unga qilingan syurprizni olqishlasa, ba’zilar hazil aralash: “Odamni bir yoshga emas, 10 yoshga qaritdingiz bu syurpriz bilan”, deya yozishdi.