G‘alati va xavfli odat: Virjiniyalik ayol barcha ovqatni burni orqali yeydi

G‘alati va xavfli odat: Virjiniyalik ayol barcha ovqatni burni orqali yeydi
  • 0
  • 29.01.2026 12:35:00
  • 1 min read

AQSHning Virjiniya shtatida yashovchi Ketrin qariyb 5 yildan beri barcha ovqatlarini blenderda maydalab, burun orqali iste’mol qilib keladi. U omlet, bifshteks va sabzavotlarni ham suyuq holga keltirib, naycha yordamida burun teshigidan yutadi. Bu g‘alati odat universitet davrida, do‘stlar bilan qilingan oddiy hazildan boshlangan. Ammo bir martalik tajriba vaqt o‘tib, kundalik ovqatlanish usuliga aylangan. Ketrinning aytishicha, bunday ovqatlanish ta’mni kuchliroq his qilishga yordam beradi. Biroq bu odat shaxsiy hayotida muammolarga ham sabab bo‘lgan. Bir uchrashuv vaqtida uning burun orqali ovqat yeyishi qarshi tomonni hayratda qoldirgan va uchrashuv kutilganidan ancha erta yakunlangan. Hozirda Ketrin bu odatni tashlashga harakat qilayotganini aytmoqda.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News