O‘limga bir qadam: 9-qavatda tom ta’mirlayotgan usta

O‘limga bir qadam: 9-qavatda tom ta’mirlayotgan usta
  • 4
  • 27.10.2025 17:17:00
  • 1 min read

Ijtimoiy tarmoqlarda 9-qavat balandligida, hech qanday xavfsizlik vositalarisiz tomni ta’mirlayotgan ustaning videosi tarqaldi. Kadrlarda u qo‘lida asbob-uskunalar bilan muvozanatni saqlab, tom chetida ishlayotgani aks etgan.

Tarmoq foydalanuvchilari bu holatdan hayratda qolib, “Bu ish emas, haqiqiy akrobatika!” deya izoh qoldirishgan.
Hozircha voqea qayerda va qachon sodir bo‘lgani noma’lum, ammo video xavfsizlik qoidalariga befarqlik va inson hayotining qadri haqida jiddiy muhokamalarga sabab bo‘ldi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News