
- 4
- 18.07.2026 11:06:00
- 1 min read
Masalliqlar:
5 dona tuxum
1 stakan shakar
yarim stakan iliq suv
1 qadoq vanilin
yarim qadoq razrixlitel
1,5 stakan un
Biskivitni namlash uchun:
1,5 stakan sut
2 osh qoshiq shakar
Kremi uchun:
1 qadoq shanti krem
1 stakan sut
300 gramm labne
1 qadoq vanilin
1 stakan shakar
300 gramm qulupnay
1 stakan tomchi shakldagi shokolad
Ustki qismi uchun:
200 ml qaymoq
300 gramm oq shokolad
Tayyorlanishi:
Birinchi tuxum va shakar yaxshilab ko‘pirtiriladi. So‘ng iliq suv, razixlitel, un va vanillin solinib, aralashtiriladi. Tayyor bo‘lgan suyuq xamir oldindan 160°C da qizdirilgan pechda taxminan 30 daqiqa pishiriladi. Biskivit pishgach, to‘liq sovutiladi. Sovugandan keyin ustidan 1,5 stakan sut quyiladi. Alohida idishga shanti krem va sut solinib, ko‘pirtiriladi. So‘ng, labne, shakar va vanilin qo‘shilib yana ko‘pirtiriladi. Oxirida mayda to‘g‘ralgan qulupnay va tomchi shokolad solinib, aralashtiriladi. Tayyor krem 30 daqiqa muzlatkichda tindiriladi. Tortning ustki qismi uchun qaymoq biroz tovada qizdiriladi va ichiga oq shokolad qo‘shilib, to‘liq eriguncha aralashtiriladi. Krem muzlatkichdan olinib, namlangan biskivit ustiga tekis qilib surtiladi. Uning ustidan sovigan qaymoqli krem quyiladi va 2 soatga muzlatkichga yuboriladi. Tort yaxshi tingandan keyin, ustini qulupnay, maydalangan pista va tomchi shokolad bilan beztishingiz mumkin.
Yoqimli ishtaha❤🍷🍰