Saudiya Arabistoni aeroportiga hujum qilindi

Saudiya Arabistoni aeroportiga hujum qilindi
  • 7
  • 11.10.2026 12:35:00
  • 1 min read

10-oktabr kuni Saudiya Arabistonidagi Qirol Xolid xalqaro aeroportiga hujum uyushtirildi. Reuters xabariga ko‘ra, kamida 12 kishi halok bo‘lgan, 309 kishi jarohatlangan. Ayrim yaradorlarning ahvoli og‘ir. Halok bo‘lganlar orasida Saudiya Arabistoni, Bangladesh, AQSH, Iordaniya, Falastin, Suriya, Sudan va Misr fuqarolari bor. Bu bir hafta ichida aeroportga qilingan uchinchi hujum hisoblanadi. Avvalgi hujumlar oqibatida to‘rt kishi halok bo‘lgan, Saudiya tijorat samolyotiga ham zarar yetgan.
Saudiya rasmiylari hujumlar uchun Yaman husiylarini ayblagan. Husiylar esa aeroport hududini “harbiy operatsiyalar hududi” deb e’lon qilgan.
 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News