
- 9
- 10.10.2026 15:23:00
- 1 min read
Buxoro viloyatida shifokorlar 14 kunlik chaqaloqning oshqozonidan to‘g‘nog‘ichni jarrohlik kesmasisiz olib tashladi. Bu haqda “Millar” ko‘rsatuvida xabar berildi.
Chaqaloq tinimsiz qusish va bezovtalik sababli shifoxonaga olib kelingan. Rentgen tekshiruvida uning oshqozonida to‘g‘nog‘ich borligi aniqlangan. Shifokorlar yot jismni gastrezofagoskop apparati orqali 10–15 daqiqada chiqarib olgan. Muolaja davomida qon ketmagan.
Shundan so‘ng chaqaloqning ahvoli yaxshilanib, u mustaqil emishni boshlagan. Shifokorlar bolani shu kunning o‘zida uyiga chiqarishni rejalashtirgan. To‘g‘nog‘ich chaqaloqning oshqozoniga qanday tushib qolgani ma’lum qilinmagan.