Xitoylik ota-onadan “rus” farzand tug‘ildi

Xitoylik ota-onadan “rus” farzand tug‘ildi
  • 5
  • 06.12.2025 13:24:00
  • 1 min read

Xitoyda dunyoga kelgan sariq sochli, ko‘k ko‘zli chaqaloq ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Qizning noodatiy ko‘rinishi ota-onani hayratga soldi va ular dastlab tug‘uruqxonada bola almashtirilgan bo‘lishi mumkin, degan shubha bilan DNK tekshiruvi o‘tkazishdi. Tekshiruv natijalariga ko‘ra, erkak haqiqatan ham qizning biologik otasi ekani aniqlandi. Shundan so‘ng oila o‘z shajarasini o‘rganishga kirishdi va otaning bobolari orasida rus ildizlari borligini aniqladi. Endi qizaloq ijtimoiy tarmoqlarda mashhur bo‘lib, ota-onasiga turli reklama takliflari kelmoqda.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News