Xitoyda rekord darajadagi ulkan qor odam!

Xitoyda rekord darajadagi ulkan qor odam!
  • 0
  • 19.12.2025 14:46:00
  • 1 min read

Xitoyning Xarbin shahrida ulkan qor odam bor-yo‘g‘i 10 kun ichida qad rostladi. Uni qurish uchun 64 nafar haykaltarosh va 100 dan ortiq ishchi mehnat qildi. Balandligi 19 metr, hajmi esa 3 500 kub metrli qor odam, nafaqat shaharning, balki ijtimoiy tarmoqlarning ham yulduziga aylandi. Qurilish jarayoni millionlab tomosha qilindi. Bu loyiha Xarbinda har yili o‘tkaziladigan qish festivallari hamda muz va qor haykallari an’anasining bir qismi hisoblanadi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News