
- 14
- 05.05.2026 15:14:00
- 1 min read
BBC joriy yilning 4-may kuni Xitoydagi pirotexnika zavodida kuchli portlash yuz berganini ma’lum qildi. Aniqlanishicha, hodisa oqibatida, 26 kishi halok bo‘lib, 61 kishi jarohatlangan. Shuningdek, zavoddan 3 kilometr radiusda yashovchi odamlar evakuatsiya qilinib, 1 500 dan ortiq favqulodda xizmat xodimlari, xizmat itlari, dronlar va robotlar qutqaruv ishlariga jalb qilingan. Xitoy raisi Si Szinpin aybdorlarni aniqlash uchun tekshiruv ishlarini boshlashni hamda bedarak yo‘qolganlarni qidirishni buyurdi. Mahalliy hokimiyat hozirda hududdagi suv va havo sifatini nazorat qilayotganini, ekologik ko‘rsatkichlar me’yorda ekanini ta’kidladi.