Yaponiyada 7,5 magnitudali kuchli zilzila sodir bo‘ldi, sunami xavfi e’lon qilindi

Yaponiyada 7,5 magnitudali kuchli zilzila sodir bo‘ldi, sunami xavfi e’lon qilindi
  • 0
  • 21.04.2026 10:07:00
  • 1 min read

20-aprel kuni Yaponiyaning shimoli-sharqiy sohillari yaqinida 7,5 magnitudali zilzila qayd etildi. Zilzila Tinch okeanida, Ivate prefekturasi yaqinida 10 km chuqurlikda sodir bo‘lgan. Silkinishlar Tokioda ham sezilgan.

Mamlakat meteorologiya agentligi Ivate, Aomori, Miyagi va Xokkaydo janubi uchun sunami xavfini e’lon qildi. Sunami to‘lqinlari balandligi 3 metrgacha yetishi mumkinligi aytilmoqda.

Yaponiya rasmiylari aholini xavfsiz, balandroq hududlarga evakuatsiya qilishga chaqirdi. Hududda tezyurar poyezdlar harakati vaqtincha to‘xtatilgan. Hozircha talafot va jabrlanganlar haqida ma’lumot berilmagan.
 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News