Avstraliyada yangi xavfli sport turi ommalashmoqda

Avstraliyada yangi xavfli sport turi ommalashmoqda
  • 0
  • 10.02.2026 16:27:00
  • 1 min read

Avstraliyada Run Nation Championship (RNC) nomli noodatiy va bahsli sport turi tezda mashhurlikka erishmoqda. Musobaqada ishtirokchilar hech qanday himoya vositalarisiz bir-biriga to‘liq tezlikda yugurib borib to‘qnashadi. Maqsad — raqibni yiqitish yoki nokautga uchratish. Bu bizdagi qo‘chqor urishtirishga o‘xshab ketadi, faqat bunda odamlar bir-birini “suzadi”. Ushbu jang avval ijtimoiy tarmoqlardagi videolar orqali tanilgan, 2025-yildan boshlab esa tomoshabinlar ishtirokidagi turnirlarga aylandi. So‘nggi musobaqalardan biri Sidneyda bo‘lib o‘tdi. Shifokorlar va sport mutaxassislari bu turnirlar miya chayqalishi, bo‘yin va umurtqa jarohatlari xavfi juda yuqori ekanini aytib, uni taqiqlashga chaqirmoqda.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News