
- 0
- 20.05.2026 14:33:00
- 1 min read
Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida 13 yoshli qiz To‘palang daryosiga tushib ketib, vafot etdi.
Viloyat prokuraturasi ma’lumotiga ko‘ra, 2012-yilda tug‘ilgan qiz “Afrosiyob” mahallasida yashagan. U 2026-yil 15-may kuni daryoga oqib ketgan va keyinchalik Denov tumani hududidan uning jasadi topilgan.
Sud-tibbiy ekspertiza xulosasiga ko‘ra, o‘limga suvga cho‘kish va mexanik asfiksiya sabab bo‘lgan. Hozirda Sariosiyo tumani prokuraturasi tomonidan holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.