
- 6
- 30.09.2026 10:28:00
- 1 min read
Rossiyaning Amur viloyatida Tu-95 strategik bombardimonchi samolyoti o‘quv-mashg‘ulot parvozi vaqtida halokatga uchradi. Hodisa 29-sentabr kuni yuz bergan.
Rossiya Mudofaa vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, samolyot aholi yashamaydigan hududga qulagan. Ekipajning olti nafar a’zosi halok bo‘lgan, yana bir kishi jarohatlangan. Samolyot o‘quv parvozini o‘q-dorilarsiz amalga oshirgan. Halokat sabablarini aniqlash uchun Rossiya Aerokosmik kuchlari komissiyasi voqea joyiga yuborilgan.
Tu-95 uzoq masofaga mo‘ljallangan strategik bombardimonchi-raketa tashuvchi samolyot hisoblanadi.