Ovqatga tiqilib qolgan erkak o‘z-o‘zini Geymlix usuli bilan qutqardi

Ovqatga tiqilib qolgan erkak o‘z-o‘zini Geymlix usuli bilan qutqardi
  • 1
  • 10.02.2026 16:29:00
  • 1 min read

Turkiyada Tez tibbiy markaz xodimi ovqatlanib otirgan payt nafas yo‘llariga ovqat tiqilib qoldi. Erkak yolg‘iz bo‘lgani uchun o‘ziga faqatgina o‘zi yordam berishini tushunib, Geymlix usulini qo‘lladi. 4–5 urinishdan so‘ng erkak nafas yo‘liga tiqilgan ovqatdan xalos bo‘ldi. Hodisa ofisning xavfsizlik kamerasiga tushib, ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqaldi va yolg‘iz paytimizda shunday holatga duch kelsak, o‘zimizni qanday qutqarish mumkinligini ko‘rsatdi. Geymlix usuli — nafas yo‘llariga tiqilgan ovqat yoki buyumdan qorin ostini kuch bilan siqib, havo chiqarish orqali xalos bo‘lish usuli.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News