
- 0
- 22.01.2026 13:51:00
- 1 min read
19-yanvar kuni Moskva viloyatida bir guruh millatchi, skinxed (qisqa sochli yoshlar submadaniyati, ba’zan millatchi yoki zo‘ravon guruhlar bilan bog‘lanadi) yigitlar avtobus bekatida turgan qizga behayo imo-ishoralar qilgan. Bu holatni ko‘rgan 19 yoshli asli tojikistonlik, Rossiya fuqarosi Imomali Turdiyev ularga tanbeh berib avtobusdan tushgan. Keyin janjal tashqarida davom etib, mushtlashuvga aylangan va oxiri o‘lim bilan yakunlangan. Janjal paytida Imomalining ko‘ziga avval zaharli gaz sepilgan, keyin esa quroldan o‘q uzilgan. Shundan so‘ng u bezorilardan biri, 18 yoshli Ilya ismli yigitni pichoqlab o‘ldirib qo‘ygan. Imomali Turdiyev hozirda hibsda, tergov ishlari davom etmoqda.