
- 1
- 06.04.2026 11:25:00
- 1 min read
Toshkentda “Ippodrom” nomi bilan mashhur bo‘lgan “Beshqo‘rg‘on” bozorida 5-aprel kuni soat 15:56 da yong‘in chiqdi. Favqulodda vaziyatlar vaziri general-mayor Azizbek Ikramov o‘t o‘chiruvchilar formasida vaziyatni shaxsan nazoratga olib, yongʻin soat 18:18 da oʻchirildi. Tan jarohati olganlar toʻgʻrisida maʼlumot kelib tushmagan. Hozirda yongʻin sababi va zarari aniqlanmoqda.