- 8
- 21.02.2025 08:57:00
- 1 min read
Ijtimoiy tarmoqlarda yosh bolaning jinoyatchilikni orzu qilib gaprgani aks etgan video tarqaldi. Bolaning shaxsiga aniqlik kiritilib, u shahar IIBB voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markaziga joylashtirilgan.
Ma’lum bo‘lishicha, 15 yoshli bola ko‘chada sotuvchilik qilib yurganda, bir yigit videoga tushib berishi uchun bolaga 500 ming so‘m pul va’da qilgan. Bola esa ushbu shartga rozi bo‘lgan. Aniqlanishicha, bola 2 oydan beri ota-onasining qarovisiz qolgan hamda maktabga jalb etilmasdan ko‘chada sotuvchilik bilan shug‘ullanib kelgan.
Ushbu holat yuzasidan bolani videoga olgan shaxs BHMning 15 barobari miqdorida jarimaga tortilgan. Shuningdek, bolaning ota-onasiga nisbatan BHMning 25 barobarigacha miqdorda jarima solinishi yoki 15 sutkagacha qamoq jazosi tayinlanishi mumkin.