
- 3
- 22.11.2025 13:10:00
- 1 min read
21-noyabr kuni kechasi Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanida M-39 yo‘lida Isuzu yuk mashinasi Lacetti avtomashinasi bilan to‘qnashdi. To‘qnashuv oqibatida Lacetti ichidagi barcha: haydovchi va 4 yo‘lovchi yonib ketdi va voqea joyida halok bo‘ldi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Isuzu haydovchisi yo‘l belgilari talablariga rioya qilmay, qatnov qismiga chiqib, Lacetti bilan to‘qnashgan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va tergov ishlari davom etmoqda.