Turkiya parlamentida mushtlashuv yuz berdi

Turkiya parlamentida mushtlashuv yuz berdi
  • 0
  • 22.12.2025 09:47:00
  • 1 min read

Turkiya Bosh assambleyasida 2026-yilgi byudjet hamda 2024-yil yakuniy moliyaviy hisobotiga oid qonun loyihalari bo‘yicha ovoz berish chog‘ida janjal kelib chiqdi. Muhokama chog‘ida ikki partiya a’zolari o‘rtasida og‘zaki janjal chiqib, vaziyat mushtlashuvga aylanib ketdi. Voqea davomida deputatlardan biri boshidan jarohat olib, shifoxonaga yotqizildi. Keskinlik va janjallarga qaramay, majlis yakunida 2026-yilgi byudjet to‘g‘risidagi qonun loyihasi ovoz berish orqali qabul qilindi.

Bu holat Turkiya parlamentida ilk bor kuzatilayotgani yo‘q. 2022-yilda byudjet muhokamasi paytida ham mushtlashuv bo‘lib, majlis vaqtincha to‘xtatilgan. 2023-yilda esa parlamentda chiqish vaqtida yurak xurujiga uchragan deputat vafot etgan.
 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News