
- 0
- 12.05.2026 10:27:00
- 1 min read
Turkiyaning Shanliurfa viloyati Viranshehir tumanida yashovchi Seyit Juma Tufehi ismli shaxs gapira olmaydigan insonlarni duo qilib, og‘ziga kalit qo‘yish orqali davolayotganini iddao qilmoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolardan so‘ng uning oldiga ko‘plab odamlar kela boshlagan. Videolar qisqa vaqt ichida millionlab tomosha yig‘gan.
Farzandini olib kelgan Vahit Ekmenning aytishicha, o‘g‘lining qulog‘i eshitsa ham gapira olmagan. U Tufehi huzuriga kelganidan keyin asta-sekin gapira boshlaganini bildirgan. Yana bir fuqaro esa o‘g‘lidagi duduqlanish muammosi kamayganini aytib, bu holatdan juda xursand bo‘lganini ta’kidlagan.
Hozircha ushbu usulning ilmiy yoki tibbiy jihatdan tasdiqlangani haqida rasmiy ma’lumot yo‘q.