
- 4
- 16.12.2025 14:27:00
- 1 min read
Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahri Yunusobod tumanida barpo etilgan yirik quvvatli kogeneratsiya markazi faoliyati bilan tanishdi. Poytaxtda aholini qish mavsumida issiqlik energiyasi bilan uzluksiz taʼminlash maqsadida bir vaqtning oʻzida elektr va issiqlik ishlab chiqaradigan bir qator zamonaviy kogeneratsiya qurilmalari ishga tushirildi.
Yunusobod tumanidagi 4-issiqlik markazi hududida davlat-xususiy sheriklik asosida barpo etilgan, quvvati 100 MVt boʻlgan mazkur loyiha ana shunday muhim loyihalardan biridir. Xitoyning “CNTIC” kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshirilgan loyiha 3,5 gektar maydonda joylashdi. Uni moliyalashtirish uchun 65 million dollar toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiya yoʻnaltirildi. Kogeneratsiya inshootiga Buyuk Britaniyaning “Rolls-Royce” kompaniyasining 70 ta gaz-porshen uskunalari oʻrnatildi. Prezident Shavkat Mirziyoyev markazning ish jarayoni bilan tanishdi.
