Ijtimoiy tarmoqlarda “o‘tirib qoladiganlar”ni nazorat qiluvchi mushuk 🐱

Ijtimoiy tarmoqlarda “o‘tirib qoladiganlar”ni nazorat qiluvchi mushuk 🐱
  • 0
  • 28.04.2026 18:03:00
  • 1 min read

Yaponiyalik dasturchi juda qiziq Chrome kengaytmasini yaratdi — u ijtimoiy tarmoqlarda “o‘tirib qolishni” to‘xtatishga yordam beradi.

Agar siz YouTube, Instagram, TikTok yoki X’da juda uzoq vaqt qolib ketsangiz, ekranda katta to‘q sariq mushuk paydo bo‘ladi va u hamma oynalarni “yopib qo‘yib”, ustiga yotib oladi. Mushukni haydashning iloji yo‘q, u belgilangan vaqt tugagachgina yo‘qoladi va shu vaqtgacha siz majburan tanaffus qilasiz. Vaqtni va qaysi ijtimoiy tarmoqlarda ishlashini esa o‘zingiz tanlaysiz.

Bu kengaytma faqat sizni chalg‘itadigan ijtimoiy tarmoqlarni “to‘xtatadi”, muhim ishlaringizga xalaqit bermaydi.
 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News