Cho‘chqa boqish uchun havoni ifloslantirgan tadbirkorga chora ko‘riladi

Cho‘chqa boqish uchun havoni ifloslantirgan tadbirkorga chora ko‘riladi
  • 5
  • 05.12.2025 13:22:00
  • 1 min read

Samarqandning Past Darg‘om tumanida cho‘chqa boqib, mashina ballonlarini yoqish orqali havoni ifloslantirib kelgan “Ismoil Zaxro” MCHJga chora ko‘riladigan bo‘ldi. Mahalla va aholining shikoyatidan so‘ng o‘tkazilgan tekshiruvda tadbirkor 40 sotix yopiq hududda 2 yil davomida cho‘chqa boqib, kechalari ballonlarni yoqib ozuqa tayyorlagani aniqlangan. Bu jarayon Samarqand shahriga yaqin hudud aholisiga ham noqulaylik tug‘dirgan. Korxona ekologiya va sanitariya ruxsatisiz faoliyat yuritgani, soliq qarzdorligi 60 mln so‘mdan oshgani ma’lum bo‘ldi. Holat to‘xtatildi, mas’ullarga nisbatan belgilangan tartibda huquqiy choralar ko‘rilishini bildirdi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News