Qaynonasining go‘shtidan “manti qilgan” kelin

Qaynonasining go‘shtidan “manti qilgan” kelin
  • 9
  • 30.10.2025 18:45:00
  • 1 min read

Angren shahrida dahshatli jinoyat sodir etgan ayolga sud hukmi o‘qildi. U qaynonasi va erini o‘ldirganlikda aybdor deb topilib, 12 yil 3 oyga ozodlikdan mahrum etildi.  Bu haqda “Milliy” telekanalida xabar qilindi (https://youtu.be/hgEY77QKgMA?si=0vn4NH5i9r2QzSaV). Aniqlanishicha, kelin va qaynona oʻrtasida janjal kelib chiqqan va kelin qaynonasini oʻldirib, hovliga koʻmib qoʻygan. Eri uyga kelib, onasiga nima boʻlganini bilgach, ayol erini ham oʻldirib, koʻmib yuborgan. Holatni qoʻshnilariga sezdirmaslik uchun tayyorlanishi rejalashtirilgan mantilarni pishirib tarqatgan. Shu sabab fuqarolar oʻrtasida u qaynonasidan manti qilib tarqatgan degan asossiz shov-shuvlar tarqalgan.
Ayol qaynonasi va erini o‘ldirgach, qo‘shnilarga ular Rossiyaga ketganini aytib, oʻzi jo‘nab ketgan. Qotillik qurbonlarning yaqinlaridan biri huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilgandan keyin fosh boʻlgan. Sud ayolga 12 yil va 3 oy qamoq jazosi tayinlangan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News