
- 0
- 04.02.2026 16:36:00
- 1 min read
Avstraliyaning g‘arbiy sohillarida bolakay oilasi bilan baydarka va eshkak eshish taxtalarida sayr qilayotgan edi. Lekin kutilmaganda kuchli shamol boshlanib, ularni qirg‘oqdan uzoqlashtirdi. Onasi kichik bolalarni xavfsizligi uchun ular yonida qolishga majbur bo‘lib, to‘ng‘ich o‘g‘lini yordamga yubordi. Bolakay qutqaruv nimchasi kiygan holda shishiriladigan baydarkada yo‘lga chiqdi. Biroq, yuqori to‘lqinlar tufayli kema tezda suvga to‘ldi va bola uni qoldirib ketgan. Keyin u qutqaruv nimchasi uning suzishiga xalaqit berayotgani uchun uni yechib, suzishda davom etdi va jasorat bilan qirg‘oqqa yetgan. O‘smir: “To‘lqinlar juda katta edi, men faqat shunchaki suzishda davom etish kerak deb o‘yladim. Nihoyat qirg‘oqqa yetib, yiqildim.” - deydi. Qahramon o‘g‘il jasorati bilan uning onasi, singlisi va ukasi o‘z vaqt ichida qutqarilib, omon qolishdi.