Toshkentda YPX xodimini urib ketgan 10-sinf o‘quvchisi avval ham qoidabuzarliklar sodir etgan

Toshkentda YPX xodimini urib ketgan 10-sinf o‘quvchisi avval ham qoidabuzarliklar sodir etgan
  • 0
  • 27.02.2026 15:22:00
  • 1 min read

Toshkentda BMW’da YPX xodimini urib yuborgan 10-sinf o‘quvchisi avval ham bir necha bor ruxsatsiz avtomobil boshqargani aniqlandi. Poytaxt IIBB xabariga ko‘ra, uning ota-onasi 2025-yil sentabr va 2026-yil yanvar oylarida farzandining dars qoldirgani hamda mashinani o‘zboshimchalik bilan haydagani uchun javobgarlikka tortilgan.
Biroq, bundan xulosa olmagan va ayanchli YTH sodir etgan.

Ma’lum bo‘lishicha, avtomobil 2002-yilda tug‘ilgan Leyla Atadiyanovaga tegishli bo‘lib, u 2024-yildan buyon transport vositasini boshqarish huquqi bo‘lmagan shaxslarga 18 marotaba bergan. Bundan tashqari, 37 marta boshqa qo‘pol qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘ygan.

Hodisa yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. Voyaga yetmagan haydovchi va uning otasi jabrlanuvchidan hamda jamoatchilikdan uzr so‘radi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News