99 qavatli binoda yashayotgan Ronaldu klubiga 10 mln obunachi olib keldi

99 qavatli binoda yashayotgan Ronaldu klubiga 10 mln obunachi olib keldi
  • 3
  • 10.01.2023 08:14:00
  • 1 min read

Krishtianu Ronaldu “Al-Nassr”ga o‘tganidan keyin Ar-Riyoddagi 99 qavatli Kingdom Tower osmono‘par binosidagi elita mehmonxonada yashayotgani ma’lum bo‘ldi. Umumiy hisobda, Ronaldu, uning oilasi, do‘stlari va qo‘riqchilari 17 xonani egallagan.
Taxminlarga ko‘ra, Ronaldu mehmonxonada yashash uchun 250 ming funtdan qimmat to‘laydi.

Bundan tashqari, Ronaldu kelgach, “Al-Nassr”ning Instagram’dagi sahifasiga 10 milliondan ortiq o‘quvchi obuna bo‘lgan.
Foto: @AlNassrFC

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News