Andijonda yuk mashinasi urib yuborgan 9 yoshli bola vafot etdi

Andijonda yuk mashinasi urib yuborgan 9 yoshli bola vafot etdi
  • 0
  • 26.02.2026 11:46:00
  • 1 min read

24-fevral kuni Andijon viloyati Baliqchi tumanida yuk mashinasi 9 yoshli bolani urib yubordi. 
Viloyat YHXB ma’lumotiga ko‘ra, “ZIL-130” yuk mashinasi haydovchisi piyodalar o‘tish joyidan yugurib chiqqan bolani urib, chorrahada to‘xtab turgan Cobalt bilan to‘qnashgan. Og‘ir tan jarohati olgan bola ko‘rsatilgan tibbiy muolajalariga qaramasdan shifoxonada vafot etgan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News