Kolumbiyadagi portlash oqibatida 9 nafar ishchi halok boʻldi

Kolumbiyadagi portlash oqibatida 9 nafar ishchi halok boʻldi
  • 0
  • 05.05.2026 17:31:00
  • 1 min read

Kolumbiyadagi portlash oqibatida 9 nafar ishchi halok boʻldi


Kolumbiya Milliy konchilik agentligi xabariga koʻra, mamlakatning Kundinamarka provinsiyasidagi koʻmir konida yuz bergan portlash natijasisda 9 ishchi hayotdan koʻz yumgan, 6 kishi jarohat olgan.

Hodisa 4-may kuni sodir boʻlgan. Rasmiylarning soʻzlariga koʻra, portlashga gaz toʻplanishi sabab boʻlgan va voqea “Carbonera Los Pinos” kompaniyasi boshqaradigan konda, ishchilar kamida 600 metr chuqurlikda ishlayotgan vaqtda yuz bergan. Kundinamarka gubernatori Xorxe Emillio Reyning ma’lum qilishicha, dastlab 12 kishi qolib ketgani aytilgan, biroq ulardan 3 nafari qutulib chiqishga ulgurgan.

Aniqlanishicha, Mamlakat milliy konchilik agentligi bir necha hafta oldin konda gaz toʻplanishi xavfli tus olishi mumkinligidan ogohlantirgan boʻlgan. 

Hozirda qutqaruvchilar voqea joyida ishlamoqda, jarohatlanganlar esa shifoxonaga yetkazilgan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News