
- 0
- 20.04.2026 10:51:00
- 1 min read
Navoiy shahrida o‘qiydigan Muhammadali Yusupov 8 yoshida ingliz tilidan B2 darajadagi milliy sertifikatni qo‘lga kiritdi. Bu yosh uchun mamlakatdagi eng yuqori natijalardan biri hisoblanadi.
Avval ham O‘zbekistonda 8 yoshli o‘quvchilar B2 darajaga erishgan holatlar qayd etilgan. Xususan, 2025-yilda Kozimbek Baxtiyorov va Muhammadyusuf Ibrohimjonov shunday natijani qo‘lga kiritgan.
Shuningdek, 2026-yilda Navoiy va Qashqadaryo viloyatlarida bir qator 5–7-sinf o‘quvchilari ham ingliz tilidan B2 darajadagi milliy sertifikatni olishga muvaffaq bo‘lgan.