
- 0
- 11.03.2026 13:00:00
- 1 min read
Joriy yilning 11-mart kuni AQSH 72 nafar o‘zbekistonlikni, mamlakatda qolish uchun qonuniy ruxsatga ega bo‘lmaganligi sababli o‘z vataniga qaytardi. Bu haqda AQSHning O‘zbekistondagi elchixonasi xabar berdi. Ma’lum bo‘lishicha, deportatsiya reysi Qo‘shma shtatlarning o‘z chegaralari xavfsizligini ta’minlash borasidagi sa’y-haraktlari doirasidagi navbatdagi tadbirlardan biri bo‘lib, hozirgacha AQSHdan 1000 dan ziyod O‘zbekiston fuqarosi deportatsiya qilingan.