70 yoshli otaxon 7 qizdan keyin o‘g‘il ko‘rdi

70 yoshli otaxon 7 qizdan keyin o‘g‘il ko‘rdi
  • 0
  • 02.01.2026 17:20:00
  • 1 min read

Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumanida yashovchi 70 yoshli Ma’mur ota O‘rinboyev 7 nafar qizdan keyin o‘g‘il farzandli bo‘ldi. Ustachilik bilan shug‘ullanib, tandir va o‘choq yasash orqali ro‘zg‘or tebratayotgan ota o‘g‘il farzandli bo‘lishini Allohning katta ne’mati, deya baholadi. Uning aytishicha, birinchi turmush o‘rtog‘i vafot etgach, ikkinchi marta uylanib, 45 yildan so‘ng o‘g‘il farzand nasib etgan. Farzandiga Ma’rufjon deb ism qo‘ygan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News