7 yoshli bola yuk mashinasini boshqardi

7 yoshli bola yuk mashinasini boshqardi
  • 0
  • 30.06.2026 18:07:00
  • 1 min read

Instagram’da bola yuk mashinasini boshqarayotgani aks etgan video tarqalib, keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. O‘tkazilgan surishtiruv davomida ushbu holat 2025-yil sentabr oyida Navoiy viloyati Karmana tumanida sodir bo‘lgani aniqlandi.
Ma’lum bo‘lishicha, yuk mashina rulini 7 yoshli bolaga uning ammasining o‘g‘li bergan. Holat yuzasidan transport vositasini voyaga yetmagan bolaga boshqarish uchun bergan fuqaro hamda bolani nazoratsiz qoldirgan onaga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Yuk mashinasi esa vaqtincha jarima maydonchasiga joylashtirildi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News