
- 0
- 13.12.2025 11:20:00
- 1 min read
Qozog‘istonning Olmaota-2 vokzalidagi poyezdda 52 kishi is gazidan zaharlandi, ularga yordam ko‘rsatish uchun 13 ta tez tibbiy yordam brigadasi jalb qilindi. Zaharlanish oqibatida 10 nafar bola shifoxonaga yotqizildi, ularning 2 nafari reanimatsiyada. Barcha bemorlar shifokorlar nazoratida. Dastlab hodisa tabiiy gaz bilan bog‘liq ekani aytilgan. Biroq Qozog‘iston milliy temir yo‘l operatori zaharlanishga uglerod oksidi — yoqilg‘i to‘liq yonmaganda hosil bo‘ladigan zaharli gaz sabab bo‘lganini ma’lum qildi. Poyezd xususiy tashuvchiga tegishli, vagonlar esa film suratga olish uchun kinostudiyaga berilgan bo‘lgan. Guvohlarning aytishicha, jabrlanganlar Janubiy Koreya seriali suratga olish jarayonida ishtirok etgan. Sovuq sabab vagonga gaz gorelkasi o‘rnatilgach, odamlar hushidan keta boshlagan. Holat yuzasidan tergov olib borilmoqda.