
- 6
- 05.12.2025 13:55:00
- 1 min read
Joriy yilning 5-dekabr kuni Shavkat Mirziyoyev yangi energetika quvvatlari va infratuzilma obyektlarini ishga tushirish hamda navbatdagilarining qurilishini boshlashga bag‘ishlangan tantanali marosimda qariyb 11 milliard dollarlik 42 ta yangi quvvat va infratuzilma obyektlarini ishga tushirdi, yana 21 ta yangi loyiha qurilishiga start berdi. Bu loyihadan ko‘zlangan maqsad O‘zbekiston aholisining yillik elektr energiya iste’moli to‘liq qoplash, tabiiy gaz sarfi salkam 7 milliard kub metrga kamaytirish va atmosferaga 11 million tonna zararli moddalar chiqishining oldi olish. Loyihalar orasida 1 ming 245 megavattli 10 ta energiya saqlash tizimi ham bor. Bu energiya eng ko‘p iste’mol qilinadigan vaqtlarda qo‘shimcha 1,5 milliard kilovatt-soat elektr energiyasini tarmoqqa uzatish imkonini beradi.