
- 2
- 14.04.2026 11:18:00
- 1 min read
Toshkent viloyati Ohangaron tumanidagi tog‘larda yo‘qolib qolgan 4 yoshli bola tirik holda topildi.
Hodisa 13-aprel kuni oila a’zolari bilan dam olishga chiqqan paytda sodir bo‘lgan. Sayr davomida bola kattalardan ajralib qolgan va taxminan 40 daqiqadan so‘ng uning yo‘qligi sezilgan. Shundan so‘ng qutqaruv xizmatlariga murojaat qilingan.
Qidiruv ishlariga FVV qutqaruvchilari hamda maxsus guruhlar jalb etilib, operatsiya 6,5 soatdan ortiq davom etgan. Bola 14-aprel kuni tungi soat 00:20 da Olmaliq maxsus qidiruv-qutqaruv otryadi tomonidan topilgan. Bola yo‘qolgan joydan taxminan 3 kilometr uzoqlikda, qorli hududda topilgan. Hozirda bolaning sog‘lig‘i yaxshi, u oila a’zolariga topshirilgan.