
- 1
- 01.01.2026 10:42:00
- 1 min read
Germaniyaning Gelsenkirchen shahrida noma’lum shaxslar drell yordamida bank seyfini teshib, taxminan 30 million yevro hamda qimmatbaho buyumlarni o‘g‘irlab ketdi. Hodisa Sparkasse bankida sodir bo‘lgan. O‘g‘rilar pul, oltin va taqinchoqlar saqlangan 3 mingdan ortiq shaxsiy seyflarni ochgan. Politsiya jinoyatni “juda professional tarzda amalga oshirilgan” deya baholadi. Talonchilik 29-dekabr kuni tongda signalizatsiya ishga tushgach aniqlangan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, jinoyatchilar bankka yonidagi avtoturargoh orqali kirib, shu yo‘l bilan qochib ketgan. Videokuzatuvda erta tongda garajdan qora rangli Audi RS6 avtomobili chiqib ketgani qayd etilgan.
Hozircha hech kim qo‘lga olinmagan. Bank zarar ko‘rgan mijozlardan murojaat qilishni so‘ragan va maxsus ishonch telefoni ochilgan.