Buxoroda 24 yoshli ayol plastik operatsiyadan so‘ng vafot etdi

Buxoroda 24 yoshli ayol plastik operatsiyadan so‘ng vafot etdi
  • 4
  • 28.10.2025 16:38:00
  • 1 min read

Buxoro shahrida 2001-yilda tug‘ilgan Shahrizabegim Xoliqova plastik jarrohlik amaliyotidan so‘ng vafot etdi. Marhumaning yaqinlari ma’lum qilishicha, operatsiya oldidan zarur tahlillar to‘liq o‘tkazilmagan, gemoglobin darajasi past bo‘lishiga qaramay, jarrohlik amaliyoti bajarilgan. Operatsiyadan keyin ayolning ahvoli og‘irlashgan, shifokor esa klinika xodimidan olingan qonni bemorga quydirgan. Natijada buyraklari ishdan chiqqan va u jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan. Bir oy davomida hayoti uchun kurashgan ayol 24-oktabr kuni Toshkentga olib ketilayotgan paytda yuragi to‘xtagan. Uning ikki nafar farzandi — 6 yoshli o‘g‘il va 3 yoshli qizi yetim qoldi. Holat yuzasidan hozircha rasmiy izoh berilmagan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News