
- 0
- 14.01.2026 12:56:00
- 1 min read
Ijtimoiy tarmoqlarda bir qiz ko‘prik ustiga chiqib o‘zini tashlamoqchi bo‘lgani aks etgan video tarqaldi. Holat bugun soat 8:00 lar atrofida, Andijon viloyatning Navoiy shoh ko‘chasida sodir bo‘lgan. 2003-yilda tug‘ilgan qiz ruhiy holati o‘zgargani sababli o‘zini tashlamoqchi bo‘lgan. Zudlik bilan yetib kelgan tezkor-tergov guruhi va boshqa hamkor tashkilotlar qizning hayotini saqlab qolgan. Hozirda holat bo‘yicha prokuratura organlari surishtiruv harakatlarini olib bormoqda. Avvalroq, Samarqandda balandlikdan o‘zini tashlagan qiz qutqarilgandi (https://t.me/casiauz/11849).