
- 13
- 29.09.2026 14:22:00
- 1 min read
Qashqadaryoning G‘uzor tumanida paxtaning erta yetilishini ta’minlash uchun sepilgan dori sabab 22 nafar o‘quvchi zaharlanish alomatlari bilan shifoxonaga yotqizildi.
23-sentabr kuni 51-maktabning 10–11-sinf o‘quvchilarida ko‘ngil aynishi va bosh og‘rig‘i kuzatilgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, bunga maktab yaqinidagi paxta maydoniga sepilgan “Agro Augron” dorisi sabab bo‘lgan. Hozirda 7 nafar o‘quvchi G‘uzor tuman tibbiyot birlashmasida davolanmoqda. Sog‘lig‘i yaxshilangan 15 nafar o‘quvchi esa uyiga javob berilgan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 201-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tegishli ekspertizalar tayinlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.