Navoiyda 2 dona qalampir uchun 2 milliard so‘mlik chek urildi

Navoiyda 2 dona qalampir uchun 2 milliard so‘mlik chek urildi
  • 4
  • 01.11.2025 15:05:00
  • 1 min read

Navoiy viloyatida kutilmagan voqea yuz berdi — do‘konda 2 dona qalampir uchun 2 milliard so‘mlik chek urilgan. Adliya vazirligining ma’lum qilishicha, bu holat sotuvchining oddiy xatosi tufayli sodir bo‘lgan. Aslida qalampirning umumiy narxi atigi 20 ming so‘m bo‘lgan, biroq kassir tasodifan 2 milliard so‘mlik summa kiritgan.

Natijada tadbirkorning hisobida asossiz ravishda katta miqdorda soliq qarzdorligi paydo bo‘lgan. U darhol soliq boshqarmasiga murojaat qilgan, ammo idora cheklar tahrirlanmasligi haqida javob bergan.

Masala sudgacha yetib bordi. Sud tadbirkorning arizasini ko‘rib chiqib, soliq boshqarmasi harakatlarini qonunga zid deb topdi va qarorni tadbirkor foydasiga chiqardi. Ushbu holat elektron hisob-kitob tizimlarida inson omilining qanchalik muhimligini yana bir bor eslatib o‘tdi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News